AQSh Mudofaa vaziri Pit Xegset prezident Donald Trampning Yaqin Sharqqa safari oldidan Isroilga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Axios portali Isroil rasmiylari orasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, P.Xegset Isroilga 12 may kuni kelishi kutilmoqda.U yerda u hamkasbi Isroil Kats, shuningdek, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvlar o‘tkazish niyatida.
Shundan so‘ng Pentagon rahbari Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘ylab safariga qo‘shilishi kutilmoqda.