Dog‘istonda huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan teraktning oldi olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning Xasavyurt tumanida huquq-tartibot idoralari binosi yonida qo‘lbola portlovchi qurilmani portlatishni rejalashtirgan taqiqlangan terrorchilik tashkiloti tarafdori qo‘lga olingan.
"Telegram kanalida islomiy guruhda Abdula ismli shaxs bilan tanishib qoldim. U mendan shaharda joylashgan turli tashkilotlarni suratga olishni so‘radi, 9 may kuni terakt sodir etish uchun turli moddalar sotib olishim bo‘yicha topshiriqlar berdi," - dedi so‘roq paytida qo‘lga olingan ayol.
Ayoldan tayyorlash uchun komponentlar olib qo‘yildi. Shuningdek, uning Telegram messenjeridagi yozishmalarida qo‘poruvchilik va terrorchilik guruhiga qasamyod qilish muhokamalari aniqlangan.
"Prosessual qaror qabul qilinmoqda," - deyiladi Rossiya FXX Markaziy razvedka boshqarmasi xabarida.