Tailandda erkak Sibir kuydirgisidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Bangkok Post.
«Bemorning o‘ng qo‘lida jarohat bor edi, o‘ng qo‘ltiq ostidagi limfa tugunlari esa shishib ketgandi. Kasallik tarixida u xom mol go‘shti iste’mol qilgani ko‘rsatilgan. Dastlabki tashxis septik shokka ishora qilgan, Tibbiyot fanlari deprtamentining laboratoriya tadiqqotlari bo‘lsa Sibir kuydirgisini keltirib chiqaradigan Bacillus anthracis bakteriyasi mavjudligini ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.
Tailand Kasalliklarni nazorat qilish departamenti ushbu holat mamlakat shimoli-sharqidagi Mukdaxan provinsiyasida yuz berganini tasdiqlagan. 53 yoshli erkak infeksion kasallikni diniy bayram vaqtida yegan mol go‘shtidan yuqtirib olgani taxmin qilinmoqda.
2 may kuni Mukdaxan provinsiyasida yana bir kishida Sibir kuydirgisi aniqlangan.
«Aniqlangan holatlardan biri o‘lim bilan yakunlandi. Ijobiy natija OT-TSR usuli orqali tasdiqlandi. Ehtimoliy yana ikki bemorning test natijaalri ertaga e’lon qilinishi kutilmyapti», — deyiladi xabarda.