Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida AQSh Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga “boshqa har qanday davlatdan ko‘ra ko‘proq hissa qo‘shganini” ta’kidladi va 8 mayni G‘alaba kuni deb e’lon qildi.
“Ko‘plab ittifoqchilarimiz 8 mayni G‘alaba kuni sifatida nishonlaydi, lekin biz shubhasiz, Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga erishishda boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish qildik”, — deb yozdi u.
Uning ta’kidlashicha, AQShdan boshqa hech bir davlat kuch, jasorat va harbiy mahorati bo‘yicha yaqin ham kelmagan.
Tramp shuningdek, AQSh jamiyati ikki jahon urushidagi g‘alabalarni nishonlashni to‘xtatganini, sababi esa avvalgi prezidentlar bunday bayramni qanday o‘tkazishni bilmaganini aytdi.