Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ryutte Trampga 5% YAIMlik ulkan reja taklif qildi

Ryutte Trampga 5% YAIMlik ulkan reja taklif qildi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSh prezidenti Donald Trampga NATO davlatlarining harbiy xarajatlarini ikki bosqichli reja asosida YAIMning 5% gacha oshirishni taklif etadi. Bu haqda Reuters agentligi alyansdagi diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ryutte NATOga a’zo davlatlarga 3,5% YAIMni to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy xarajatlarga, yana 1,5% ni mudofaa bilan bog‘liq infratuzilma va loyihalarga sarflashni taklif qilmoqda. Masalan, bu transport loyihalari kabi harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan infratuzilmalar bo‘lishi mumkin.

Bu reja Yevropa davlatlariga NATO talab qilgan xarajatlarni kengroq yo‘nalishlarda sarflash imkonini beradi. Shu orqali Vashington ham o‘z navbatida NATOdagi sarf-xarajatlar ko‘paytirilganini ta’kidlashi mumkin.

Agar ushbu reja AQSh tomonidan qabul qilinsa va iyun oyi oxirida Gaagada o‘tadigan NATO sammitida tasdiqlansa, NATO davlatlari uchun amaldagi 2% o‘rniga yangi 5% maqsadli ko‘rsatkichga aylanadi. 2024 yil oxiri holatiga ko‘ra, NATOga a’zo 32 davlatdan faqat 22 tasi harbiy xarajatlarini 2% YAIM darajasiga yetkazgan.

Shu bilan birga, Yevropa Komissiyasi ham Yevropa davlatlari uchun milliy byudjet defisitini YAIMning 3% dan 4,5% gacha oshirish orqali qo‘shimcha harbiy kreditlar jalb qilish sxemasini taklif etdi. Bu davlatlarga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar beradi.

Kiritildi: 22:02 02.05.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!