Moskva viloyatida may oyi uchun g‘ayritabiiy bo‘lgan nam qor va kuchli shamol bilan kechgan qor sikloni elektr ta’minotida jiddiy uzilishlarga olib keldi.
Viloyat gubernatori Andrey Vorobyovning so‘zlariga ko‘ra, 2 may kuni kechasi kuchli muzlama va daraxtlarning qulashi natijasida 237 ta elektr uzatish liniyasi va 4,4 ming transformator podstansiyasi ishdan chiqqan. Bu holat taxminan 26 ming nafar aholiga ta’sir ko‘rsatgan.
Eng og‘ir vaziyat shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarda, xususan Taldom, Dmitrov va Sergiyev Posad tumanlarida kuzatilgan.
Dmitrovda 47 ta aholi punkti va 21 ta qozonxona elektrsiz qolgan.
Sergiyev Posadda esa 46 ta aholi manzili va 11 ta qozonxonada elektr ta’minoti to‘xtagan.