AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Garvard universitetini soliqsiz maqomdan mahrum qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
"Biz Garvardni soliq maqomidan mahrum qilmoqchimiz" - dedi u.
Avvalroq Garvard universiteti AQSh prezidenti ma’muriyati bir necha milliard dollarlik moliyalashtirishni bloklashi fonida o‘zining 1 milliard dollarlik aktivlarini sotish bo‘yicha faol muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.