Xitoyning bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat boshqarmasi (SAMR) Panama kanalidagi Balboa, Kristobal va boshqa portlarning sotilishini monopoliyaga qarshi keng qamrovli tekshirishni talab qilmoqda, deb xabar beradi DW.
— Korxonalarni ruxsatisiz kengaytirish taqiqlanadi va buning uchun qonuniy javobgarlik bor, — deyiladi boshqarmaning 27 aprel, yakshanba kuni e’lon qilingan bayonotida, deb xabar beradi Reuters.
Gonkongda joylashgan CK Hutchison kompaniyasini o‘z ichiga olgan ushbu bitim ishtirokchilari monopoliyaga qarshi tekshiruvdan qochmasligi kerak, deydi ular.
Mart oyi boshida xabar qilinganidek, AQSh prezidenti Donald Trampning bosimi ostida Gonkongda joylashgan CK Hutchison kompaniyalar guruhi Panama kanalining ikki chetidagi Balboa va Kristobal kabi portlarni sotishga majbur bo‘ldi. Investor Blackrock boshchiligidagi Amerika konsorsiumi operator aksiyalarining 90 foizini sotib olishi kerak edi.
Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, bitim qiymati 19 milliard dollardan 23 milliard dollargacha.
AFP ma’lumotlariga ko‘ra, Hutchison Holdings bilan imzolangan ushbu portlarni boshqarish bo‘yicha kelishuv 2021 yilda avtomatik ravishda 25 yilga uzaytirilgan.
Savdoni cheklab qo‘yishidan qo‘rqqan Pekin kelishuvni qattiq tanqid qilmoqda.
Tramp Suvaysh va Panama kanallari bo‘yicha AQShdan imtiyozlar talab qilmoqda
Yaqinda AQSh prezidenti Panama va Suvaysh kanali ma’muriyatlaridan AQSh bayrog‘i ko‘tarilgan harbiy va fuqarolik kemalaridan to‘lov undirmaslikni talab qildi.
— Harbiy yoki fuqarolik kemalari Suvaysh va Panama kanallari orqali hech qanday to‘lovlarsiz o‘tishiga ruxsat berilishi kerak. AQShsiz bu kanallar mavjud bo‘lmasdi, — deb yozdi Oq uy rahbari TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida.
Siyosatchi Xitoyga qaramlikdan qutulib, AQSh bilan yaqin hamkorlik qilishga chaqirdi.