Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Germaniyaning bo‘lajak kansleri mamlakat Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Yohann Vadefullni nomzod sifatida ko‘rsatdi. Vadefull, Kiyevga Germaniya qurol-yarog‘ini Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berish uchun qo‘llashga ruxsat berishni qo‘llab-quvvatlagan.
Mamlakat Iqtisodiyot vaziri lavozimini Katerina Rayxe egallashi kutilmoqda. Rayxe E.ON nemis energetika kompaniyasidagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng siyosatga qaytmoqda. Raqamlashtirish va davlatni modernizasiya qilish bo‘yicha yangi tashkil etiladigan vazirlikni esa Ceconomy konserni va Media-Saturn holdingi boshqaruvi raisi Karsten Vildberger boshqarishi rejalashtirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga deputat Nina Varken, Transport vaziri lavozimiga esa Patrik Shnayder nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Karin Prin Ta’lim vaziri bo‘lishi kutilmoqda. Mersning hamfikri Torsten Fray Federal kansler devoni rahbari lavozimiga nomzod etib ko‘rsatilgan.
Shuningdek, DPA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligini Xristian-sosial ittifoqi partiyasi vakili, Bundestagdagi yer guruhining rahbari Aleksandr Dobrindt boshqarishi kutilmoqda. Ushbu partiya XDI/XSI blokiga kiradi.