Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) bosh direktori Per Krenbyul Dohada har yili o‘tkaziladigan Global xavfsizlik forumida shunday fikr bildirdi.
"G‘azo o‘lim, jarohatlanish, ko‘plab ko‘chishlar, oyoq-qo‘llardan ajralish, oila a’zolaridan ayrilish, bedarak yo‘qolish, ochlik va keng miqyosda yordam hamda qadr-qimmatdan mahrum bo‘lishni boshdan kechirmoqda. Eng muhimi, vaqtinchalik tinchlik odamlarga eng yomon kunlar ortda qoldi degan umid bergan paytda, yangi jahannam boshlandi," dedi u.
"Bu holat isroillik garovga olinganlarning oilalari va falastinlik mahbuslarning yaqinlari uchun tugamas qo‘rqinchli tushga aylandi. G‘azoda 400 dan ortiq gumanitar yordam xodimi va 1000 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, Qizil Xoch va Qizil Yarimoy harakatidan 36 kishi halok bo‘ldi," deya ta’kidladi u.
"Bu dahshat va insoniylikni yo‘qotish o‘n yillar davomida bizni ta’qib etadi."