Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

BBC: Sud Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

 BBC: Sud Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

Kiyevning Podolsk tumani sudi Ukrainaning to‘rtinchi prezidenti Viktor Yanukovichni davlat chegarasidan shaxslarni noqonuniy o‘tkazish va dezertirlikka undashda aybdor deb topdi. Ukraina Bosh prokuraturasining xabar berishicha, unga sirtdan 15 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Yanukovich 2014 yil 23 fevralda Prezident xavfsizlik xizmati sobiq rahbari va Rossiya vakillari bilan til biriktirgan holda, o‘zining yaqin atrofidagilar va davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilaridan kamida 20 nafarini davlat chegarasidan noqonuniy olib o‘tishda ayblangan. Ular Rossiya harbiy vertolyotlarida dastlab Krasnodar o‘lkasiga, keyin esa Qrimga yetkazilgan va u yerdan dengiz yo‘li orqali olib ketilgan. Yanukovich bilan birga davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining bir qismi ham Ukrainadan chiqib ketgan.

Bu Yanukovichga nisbatan Ukraina sudi tomonidan chiqarilgan ikkinchi hukmi hisoblanadi. 2019 yil yanvar oyida u sirtdan davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topilib, 13 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Bundan tashqari, 2022 yilda Ukraina sudi Yanukovichning mulkini davlat foydasiga musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqargan.

Ma’lumot uchun, sobiq prezident Viktor Yanukovich Ukrainadagi “Evromaydan” voqealari fonida Ukrainadan qochib ketgan edi. Hozirda Yanukovich Rossiya hududida yashaydi.

Kiritildi: 13:53 28.04.2025. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!