Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda hibsga olingan “Rus uyi” xodimi hibsdan ozod qilindi — “Meduza”

Qirg‘izistonda hibsga olingan “Rus uyi” xodimi hibsdan ozod qilindi — “Meduza”

O‘sh shahridagi “Rus uyi” xodimi bo‘lgan Natalya Sekerina, odamlarni urushga yollash ishi bo‘yicha qamoqqa olingan edi. Rossiyaning Bishkekdagi elchisi va Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari uchrashuvidan so‘ng, u hibsdan ozod qilingan.

“TASS” agentligining xabar berishicha, odamlarni urushga yollashga oid ish bo‘yicha barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirilgan.

“RBK” nashriga ko‘ra, urushga yollash ishi bo‘yicha Sekerinadan tashqari, O‘sh shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi Sergey Lapushkin, “Regnum” axborot agentligi sharhlovchisi Viktor Vasilev va yana bir shaxs (uning ismi oshkor qilinmagan) ham gumonlanuvchilar qatoriga kiradi.

Ish Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 416-moddasi (jangchilarni yollash, moliyalashtirish, moddiy ta’minlash, tayyorlash maqsadida boshqa davlatlardagi qurolli mojarolarda yoki davlat hokimiyatini ag‘darishga yoki hududiy yaxlitlikni buzishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlarida foydalanish) bo‘yicha ochilgan. Ushbu modda yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Taxminlarga ko‘ra, ayblovlar Rossiya armiyasiga yollash bilan bog‘liq.

Kiritildi: 13:06 28.04.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!