Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp yana bir bor Putinni tinchlikka sodiqligini namoyish etishga va Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

Tramp yana bir bor Putinni tinchlikka sodiqligini namoyish etishga va Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi

"Men uning o‘t ochishni to‘xtatishini hamda tinchlik kelishuvini imzolashini istayman", — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarga.

Tramp, shuningdek, shanba kuni Vatikanda Ukraina prezidenti bilan o‘tkazilgan uchrashuv "yaxshi o‘tganini" aytdi.

"Menimcha, uchrashuv yaxshi o‘tdi. Yaqin kunlarda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ehtimol, ko‘p yangiliklarni bilib olamiz. Rossiya tomonidan tinch aholi yashaydigan hududlarga raketalar uchirilgani uchun meni hafsalam pir bo‘ldi", — dedi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti, shuningdek, Zelenskiyni "tinchlik kelishuvi tuzishga qiziquvchi shaxs" deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.

Jurnalistlarning "Zelenskiy Qrim ustidan nazoratdan voz kechishga tayyormi?", degan savoliga Tramp: "Men shunday deb o‘ylayman", deb javob berdi.

Kiritildi: 11:42 28.04.2025. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!