Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Kanada AQShni yengib, jahon yetakchisiga aylanishni va’da qildi

Kanada AQShni yengib, jahon yetakchisiga aylanishni va’da qildi

Kanada AQShning bir qismiga aylanmaydi va savdo urushida uni mag‘lub etadi, deb ta’kidladi Kanada bosh vaziri lavozimiga nomzod Mark Karni.

"Savdo urushi jahon iqtisodiyotini xarob qildi, u [AQSh prezidenti Donald Tramp] Amerikaning qo‘shnisi, eng yaqin do‘sti va eng sodiq ittifoqchisi bo‘lgan Kanadaga xiyonat qildi," - dedi siyosatchi.

Karni mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni kuchayishiga va Amerika "global ishlardan chetlashayotgan" bir paytda, Kanada "dunyo yetakchisi"ga aylanishiga ishonch bildirdi.

Bu bayonotlar AQSH-Kanada munosabatlaridagi zo‘riqish va oldinda turgan saylovlar fonida yangradi. Ushbu saylovlarda Karni o‘zini Kanada milliy manfaatlari va iqtisodiy mustaqilligining himoyachisi sifatida namoyon etmoqda.

Kiritildi: 08:56 27.04.2025. O'qildi: 1228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!