Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Erdog‘an may oyida Ozarbayjonga tashrif buyuradi

Erdog‘an may oyida Ozarbayjonga tashrif buyuradi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kelasi oy Ozarbayjonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi «A Haber» telekanali.

Bundan tashqari, 29 aprel kuni Erdog‘an IV hukumatlararo sammitda ishtirok etish uchun Italiyaga boradi. 3 may kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo‘lib o‘tadigan TEKNOFEST texnologiya festivalida ishtirok etadi.

Turkiya prezidenti iyun oyida AQSh poytaxti Vashingtonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham 2025 yil may oyi boshida Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan kelishi haqida yozgan edik.

Kiritildi: 00:25 27.04.2025. O'qildi: 621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!