Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti - Falastin (DCI-P) bosib olingan G‘arbiy qirg‘oqdagi Nablusning sharqida joylashgan do‘konini yopayotgan paytda Isroil kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan 16 yoshli o‘smirning halok bo‘lishini qattiq qoraladi.
Voqea payshanba kuni tushdan keyin G‘arbiy qirg‘oqning bosib olingan Salem shahrida ikkita harbiy mashinada harakatlanayotgan jinoyatchi Isroil qo‘shinlari tomonidan sodir etildi. Jabrlanuvchi Abdulxoliq Mosab Abdulxoliq Jabour harbiylarning kelganini payqab, o‘zi ishlaydigan kichik do‘konni yopishga kirishdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, u do‘konni yopayotganda ko‘kragiga o‘q tegib, olgan jarohatidan vafot etdi. DCI-P tashkilotining ma’lum qilishicha, o‘smirni otgan Isroil askarlari do‘kon yaqinidagi "zaytun daraxtlari orasiga yashiringan" va qarindoshlariga birinchi yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilgan.
Tashkilotning vakili AYEd Abu Eqtaish bayonotida shunday dedi: "Abdulxoliq isroillik askarlar uchun hech qanday xavf tug‘dirmagani aniq edi. Shunday bo‘lsa-da, ular uni beayov otib o‘ldirdilar. Odatdagidek, falastinlik bolani sovuqqonlik bilan o‘ldirgani uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi".
Bolalar huquqlari himoyachilari guruhining ma’lum qilishicha, Isroil harbiylari joriy yilning shu davriga qadar bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqda 24 nafar falastinlik bolani o‘ldirgan.