Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Pekinning yashirin qadami: AQShdan import uchun bojlar norasmiy bekor qilinmoqda

Pekinning yashirin qadami: AQShdan import uchun bojlar norasmiy bekor qilinmoqda

Xitoy AQShdan import qilinadigan ayrim mahsulotlar uchun 125 foizlik boj to‘lovini norasmiy tarzda bekor qilmoqda — The Wall Street Journal.

Nashrga ko‘ra, gap yarim o‘tkazgichlar, chip ishlab chiqarish uskunalari, tibbiy preparatlar, aviasiya ehtiyot qismlari, sanoat kimyoviy moddalari, kvars, etan va boshqa mahsulotlar haqida bormoqda

WSJ manbalarining tushuntirishicha, Pekin ishlab chiqaruvchilardan qaysi sohalarda Qo‘shma Shtatlardan yetkazib berishga muqobil manbalar yo‘qligini va qayerda Xitoy milliy manfaatlarini himoya qilish uchun bojlarni bekor qilish kerakligini aniqlashtirmoqda.

Ularning aytishicha, Xitoy buni rasmiy ravishda e’lon qilmoqchi emas, chunki bu uning zaif tomonlarini oshkor qilishi va kelajakdagi muzokaralar uchun imkoniyat qoldirishi mumkin.

Avvalroq AQSh Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar, noutbuklar va boshqa elektronika mahsulotlarini bojxona to‘lovlaridan ozod qilgandi. Qo‘shma Shtatlar bu orqali ushbu mahsulotlar bo‘yicha Xitoydan importga qaramligini tan olgan edi.

Kiritildi: 20:07 26.04.2025. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!