Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Tramp bilan Vatikandagi uchrashuvini "yaxshi va ramziy muloqot" deb atadi

Zelenskiy Tramp bilan Vatikandagi uchrashuvini "yaxshi va ramziy muloqot" deb atadi

Vladimir Zelenskiy Tramp bilan Vatikandagi uchrashuvini "yaxshi va ramziy muloqot" deb atadi.

Xabarlarga ko‘ra, prezidentlar Vatikan hududida Rim papasi Fransiskning dafn marosimi boshlanishidan avval 15 daqiqa suhbatlashgan.

"Yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Yuzma-yuz ko‘plab masalalarni muhokama qilishga ulgurdik. Natijaga umid qilamiz. Xalqimiz hayotini himoya qilish, o‘t ochishni to‘liq va so‘zsiz to‘xtatish, urush takrorlanishining oldini oladigan ishonchli va uzoq muddatli tinchlik haqida gaplashdik. Juda ramziy uchrashuv bo‘ldi, agar umumiy natijalarga erishsak, u tarixiy voqea bo‘lishi mumkin. Rahmat, Prezident Donald Tramp!", — deb yozdi Ukraina prezidenti o‘zining Telegram-kanalida.

Avvalroq Oq uy ushbu suhbatni "judayam samarali" deb atagan edi.

Dastlab Tramp va Zelenskiy shanba kuni muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan edi. Ammo AQSh prezidenti allaqachon Rimni tark etdi.

Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov Vatikanda AQSh va Ukraina yetakchilarining ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tmaganini tasdiqladi.

Kiritildi: 19:33 26.04.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!