Eronning Shahid-Rajaiy portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 80 kishi jarohat oldi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda portlash va uning port infratuzilmasiga yetkazgan zararini aks ettiruvchi videolar tarqalmoqda.
Tasnim agentligi ma’lumotiga ko‘ra, portlashga yoqilg‘i saqlanadigan rezervuar yonib ketgani sabab bo‘lgan.