Pokiston Senati bir ovozdan Kashmir hududida sodir etilgan teraktda Islomobodning rolini inkor qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda DAWN portali xabar berdi.
"Pokiston o‘z nomini Pahalgam shahridagi hujum bilan asossiz bog‘lash bo‘yicha barcha urinishlarni tan olmaydi. Hindiston hukumatining Pokistonni yomon ko‘rsatishga qaratilgan manipulyasiya kampaniyasini qoralaymiz. Islomobod Nyu-Dehli terrorizm masalasidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda deb hisoblaydi", deyiladi hujjatda.
Rezolyusiyada, shuningdek, “Hind suvlaridan birgalikda foydalanish” to‘g‘risidagi shartnomaning noqonuniy va bir tomonlama to‘xtatilishi ham qoralangan.
Bundan tashqari, Pokiston Senati o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishini ta’kidladi.