Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp va Zelenskiy Rimda qisqa ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi

Tramp va Zelenskiy Rimda qisqa ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi

Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy Rimda qisqa ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishdi.

Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov xabar berdi.

Sky News xabariga ko‘ra, AQSh va Ukraina prezidentlari papa Fransiskning dafn marosimidan keyin qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishga kelishib olishgan.

Har ikki yetakchi Rimga Papa Fransiskning dafn marosimida ishtirok etish uchun kelgan edi. Ayni paytda Tramp va Zelenskiy Vatikanidagi Avliyo Pyotr maydonida, pontifikning dafn marosimi davom etayotgan joyda hozir bo‘lib turishibdi.

Kiritildi: 14:15 26.04.2025. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!