Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Trampni “Myunxen kelishuvi” xatosini takrorlamaslikka chaqirdi

Evropa Trampni “Myunxen kelishuvi” xatosini takrorlamaslikka chaqirdi

Evropaning yetti mamlakati parlamenti vakillari AQSh rahbariyatiga murojaat qilib, "Kreml tomonidan bosim va aldovlarga berilmaslik" hamda "Rossiyadan kelayotgan global tahdid qarshisida haqiqiy liderlikni namoyish etish"ga chaqirishdi.

Boltiqbo‘yi davlatlari, Fransiya, Chexiya, Buyuk Britaniya va Ukraina parlamentlari deputatlari shuningdek, Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATO'ga tezroq qabul qilish, Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyev foydasiga musodara qilishni va Vladimir Putin hamda "uning barcha sheriklarini" harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishni talab qilishdi.

"Biz 1938 yil Myunxenda yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamasligimiz kerak. Harbiy jinoyatchi Putin bilan muzokaralar o‘tkazish samarasiz. Uning asosiy maqsadi — bizning ittifoqchimiz, Qo‘shma Shtatlarni zaiflashtirish va tahqirlash", deyiladi hujjatda.

Ma’lumot uchun, 1938 yil 30 sentyabrda Myunxenda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Nevill Chemberlen, Fransiya bosh vaziri Eduard Dalad’e, Benito Mussolini va Adolf Gitler Sudet mintaqasini Germaniyaga qo‘shib berish to‘g‘risida kelishuv imzolashgan edi. Chexoslovakiya rasmiylari bu marosimga taklif etilmagan edi. G‘arb tarixchilarining ko‘pchiligi fikricha, o‘shanda Buyuk Britaniya va Fransiya siyosatchilari butun Yevropani qamrab olishi mumkin bo‘lgan urushdan qo‘rqib, “yumshatish siyosati”ni olib borgan va Gitler Chexoslovakiyaning bir qismini olgach, tinchlanadi deb umid qilishgan.

Kiritildi: 14:00 26.04.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!