Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya MDHning havo mudofaasini kuchaytirishni e’lon qildi

Rossiya MDHning havo mudofaasini kuchaytirishni e’lon qildi

MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita raisining o‘rinbosari, Qurol-yarog‘ boshqarmasi boshlig‘i - Havo-kosmik kuchlar Bosh qo‘mondonining qurol-yarog‘ bo‘yicha o‘rinbosari general-polkovnik Yuriy Grexov havo hujumidan mudofaaning yagona tizimini takomillashtirish davom ettirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlari Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan keltirilgan.

Xabarda aytilishicha, MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning Olmaotada bo‘lib o‘tgan 60-yig‘ilishida mamlakatlar mudofaa vazirliklari vakillari havo hujumidan mudofaaning yagona tizimini takomillashtirish, shuningdek, mamlakatlarning ikki tomonlama va ko‘p tomonlama harbiy hamkorligini mustahkamlashga oid 13 ta masalani muhokama qilishgan.

"Yig‘ilishni yakunlar ekan, general-polkovnik Yuriy Grexov MDHga a’zo davlatlarning havo hujumidan mudofaa tizimi takomillashtirilishi davom etishini ta’kidladi," - deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.

Grexovning ta’kidlashicha, yubiley yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy tasodifan tanlanmagan - aynan Olmaotada 30 yil oldin, 1995 yil 10 fevralda davlat rahbarlari tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratish to‘g‘risidagi Bitim imzolangan.

Kiritildi: 23:02 25.04.2025. O'qildi: 1052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!