Bolgariya G‘azo sektorida halok bo‘lgan fuqarosi Marin Marinovning oilasiga adolatli tovon puli to‘lanishini qat’iy talab qiladi. Bu haqda Bolgariya Tashqi ishlar vaziri Georg Georgiyev bayonot berdi.
Diplomatiya idorasi rahbari Sofiyada Isroildan BMT xodimi Marinovning 19 mart kuni artilleriya hujumi natijasida halok bo‘lgani to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumot olinganini tasdiqladi.
Georgiyev Isroil tomoni Bolgariyadan uzr so‘raganini ta’kidladi. "Biroq biz kapitan Marinovning oilasiga adolatli tovon to‘lanishini ham talab qilamiz. Bunday hodisalar qayta yuz bermasligini qat’iyan talab etamiz," - dedi vazir.
Bolgariya TIV rahbari gumanitar xodimlar himoyasini ta’minlash muhimligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyat xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq ularning xavfsizligi va o‘z vazifalarini erkin bajarishini kafolatlashi lozimligini qayd etdi.