Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi Hindiston tomonidan ko‘rilgan choralarga munosabat bildirdi

Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi Hindiston tomonidan ko‘rilgan choralarga munosabat bildirdi

Pokiston Milliy xavfsizlik kengashi Kashmirda sodir bo‘lgan hujumlarga javoban Hindiston tomonidan ko‘rilgan choralarga munosabat bildirdi.

Xususan, Islomobod Vagah chegara postini yopmoqda — bu Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi yagona chegara o‘tish punkti bo‘lib, u orqali chegarani kesib o‘tish mumkin edi.

Pokiston, shuningdek, Hindistonga tegishli barcha aviakompaniyalar uchun o‘z havo hududini yopdi, Islomoboddagi hind diplomatlari sonini qisqartirdi, Hindiston fuqarolariga berilgan barcha vizalarni bekor qildi hamda Hindiston bilan savdoni to‘xtatdi.

Bundan tashqari, Pokiston Milliy Xavfsizlik Kengashi “Hind daryosi suvlaridan birgalikda foydalanish” shartnomasidan chiqishini e’lon qilgan Hindistonning Pokistonga suv oqimini to‘xtatishga bo‘lgan har qanday urinishini “urush harakati” sifatida ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

Pokiston rasmiylarining bayonotida aytilishicha, Hindistonning Kashmirdagi hujumni Pokiston bilan bog‘lashga urinishlari “mantiq va dalillarga asoslanmagan harakat” hisoblanadi, chunki hech qanday “isbotlangan tergov natijalari va tasdiqlangan dalillar” taqdim etilmagan.

The New York Times nashriga ko‘ra, Hindiston va Pokiston yangi qurolli to‘qnashuv yoqasida turibdi va bu “oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlar” bilan tahdid solmoqda. 2019 yilda ham shunga o‘xshash terrorchilik hujumi ikki davlatni urush yoqasiga olib kelgan, biroq o‘shanda tomonlar bunday qarorni qabul qilmagan edi. Tahlilchilarning fikricha, bu safar qurolli ziddiyat xavfi yanada jiddiyroq.

Kiritildi: 17:29 24.04.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!