Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

DW: AQShning 12 shtati Trampning boj to‘lovlariga qarshi sudga murojaat qildi

DW: AQShning 12 shtati Trampning boj to‘lovlariga qarshi sudga murojaat qildi

Da’vo arizasiga Nyu-York, Arizona, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Men, Minnesota, Nevada, Nyu-Meksiko, Oregon va Vermont shtatlarining demokrat bosh prokurorlari qo‘shildi.

Ular “noqonuniy tariflarga” qarshi chiqmoqda va “prezident konstitusiyaviy tartibni izdan chiqarib, Amerika iqtisodiyotiga tartibsizlik olib kelganini” ta’kidlashmoqda. Da’vo Nyu-Yorkda joylashgan Qo‘shma Shtatlar Xalqaro savdo sudiga topshirildi.

2 aprel kuni Donald Tramp AQShga 185 ta davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga boj to‘lovlari joriy etilganini e’lon qildi. Asosiy stavka 10% etib belgilandi, ko‘plab mamlakatlar uchun esa bu ancha yuqori bo‘ldi.

9 aprel kuni prezident 75 dan ortiq davlat uchun bojlarni joriy etishni 90 kunga kechiktirdi, shu vaqt mobaynida ular uchun 10% stavka saqlanib qolishi bildirdi.

Kiritildi: 12:45 24.04.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!