Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Fuqarolarni “Haj” va “Umra” ziyoratiga noqonuniy ravishda yuborayotgan shaxslarning harakatlariga chek qo‘yildi

Fuqarolarni “Haj” va “Umra” ziyoratiga noqonuniy ravishda yuborayotgan shaxslarning harakatlariga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida ham tezkor tadbir o‘tkazildi. Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi, 1968 y.t., muqaddam sudlangan shaxs haj ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasada, mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, 8 ming AQSh dollari evaziga uning ota-onasini joriy yilda “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Bu kabi qonunbuzilish holati Farg‘ona viloyatida ham qayd etilib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan Yozyovon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi, 1987 y.t., turistik firma rahbari 4 nafar fuqaroni “Umra” ziyoratiga yuborish evaziga 4200 AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Oqoltin tumanida yashovchi, 1974 y.t. shaxs o‘zini go‘yoki sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga jami 3450 AQSh dollari talab qiladi. Ushbu shaxs oldindan 1100 AQSh dollari hamda 1 mln. 290 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi xususiy aviakassa raxbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini “Umra” safariga yuborishini aytib, buning evaziga 1200 AQSh dollari talab qiladi. Uning ko‘rsatmasi bilan aviakassa xodimi oldindan 10 mln. so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:24 24.04.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!