Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investision arbitraj ishida yutib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro investision arbitraj ishida yutib chiqdi

Arbitraj ishi Bursel kompaniyasi tashabbusi bilan 2017 yilning iyul oyida boshlanib, qariyb 7 yil davom etgan.

2024 yil 10 oktyabr kuni Investision nizolarni hal qilish xalqaro markazining (ICSID) arbitraj tribunali «Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş.» (Turkiya) kompaniyasi va Turkiya Respublikasi fuqarolari (Bursel kompaniyasi) da’vosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ochilgan xalqaro arbitraj ishi bo‘yicha qarorini chiqardi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, da’vo miqdori taxmiman 700 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Ushbu chiqarilgan arbitraj tribunali qaroriga ko‘ra, Bursel kompaniyasining barcha da’volari rad etilib, ularga O‘zbekiston tomonining arbitraj xarajatlarini qoplab berish belgilangan.

Arbitraj ishi Bursel kompaniyasi tashabbusi bilan 2017 yilning iyul oyida boshlanib, qariyb 7 yil davom etgan.

Arbitraj qoidalariga ko‘ra, arbitraj tribunali qarori yakuniy va majburiy hisoblanadi.

Mazkur arbitraj ishida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda White&Case xalqaro yuridik firmasi (Vashington, AQSh) tomonidan ta’minlandi.

Bursel kompaniyasining manfaatlarini himoya qilish «Başpinar & Partners Law Firm», «Beckett Law LLC», «Cooley LLP», «Cooley LLP (2020 yilga qadar), «Freshfields Bruckhaus Deringer LLP» (2022 yilga qadar) xalqaro yuridik firmalari tomonidan ta’minlandi.

Kiritildi: 10:23 24.04.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!