Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va viloyat IIBB bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasiga yaqin joyda qum-shag‘al aralashmasi davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida yuk mashinalariga hech qanday ruxsatnomasiz yuklab berilayotganligi aniqlandi.
Transport vositalarini vaqtinchalik saqlab turish uchun tuman hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida haydovchilar qonuniy talablarga bo‘ysunmay, voqea joyidan qochib ketdi. Huquqbuzarlar ushbu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi va «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonunlari talablarini buzishgan.
Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 4 milliard 347 million 712 ming 454 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.