Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Bashar Asadni ekstradisiya qilishdan bosh tordi

Rossiya Bashar Asadni ekstradisiya qilishdan bosh tordi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa Rossiya Bashar Asadni ekstradisiya qilishdan bosh tortganini aytdi.

Ommaviy axborot vositalari Damashq Bashar Asadni ekstradisiya qilishni so‘ragani haqida yanvar oyida, Moskvaning Suriyaning yangi rasmiylari bilan birinchi aloqalaridan keyin yozgan edi.

Al-Arabiya telekanalining manbalariga tayanib xabar berishicha, bu masala fevral oyida Ahmad Ash-Sharaa va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ham ko‘tarilgan.

Suriya muvaqqat hukumati rahbari The New York Times gazetasiga bergan intervyusida so‘rov rad etilganini aytdi.

Shu bilan birga, Ahmad ash-Sharaa Suriyaning yangi hukumati Moskva bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning barcha qurollari Rossiyadan olingan hamda Damashq Moskvaning oziq-ovqat va energiya ta’minotiga tayanadi.

Kiritildi: 22:39 23.04.2025. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!