Istanbuldagi zilzila oqibatida hozircha jiddiy talafotlar qayd etilmagan, zarar ko‘lamini baholash davom etmoqda. Bu haqda shahar meriyasi xabar berdi.
Er silkinishi natijasida jabrlanganlar yoki vayron bo‘lgan binolar haqida ma’lumot berilmadi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu hududda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni osoyishtalikni saqlashga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.