Aviasales.uz joriy yilning yoz faslida O‘zbekiston sayohatchilari orasida Turkiyaga reyslarga talab ortganini tahlil qildi va qayd etdi.
Aviachiptalarga talab o‘tgan yozga nisbatan 21 foizga oshgani va eng tez o‘sayotgan yo‘nalish Samarqand – Istanbul yo‘nalishi bo‘lgani aniqlandi. Mutaxassislarning fikricha, Turkiyaga aviachiptalarning o‘rtacha narxining pasayishi parvozlar chastotasining oshishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan chiptalarning o‘rtacha narxi 7,5 foizga arzonlashgan.
2024 yil yoz faslidagi eng mashhur 5 ta yo‘nalish:
•Toshkent – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 68 foizi
• Samarqand – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 15 foizi
• Toshkent – Antaliya, Turkiyaga barcha bronlarning 7 foizi
• Samarqand – Izmir, Turkiyaga barcha bronlarning 4 foizi
• Farg‘ona – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 2,8 foizi
2023 yil yoz faslidagi eng mashhur 5 ta yo‘nalish:
• Toshkent – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 76 foizi
• Farg‘ona – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 6,5 foizi
• Toshkent – Antaliya, Turkiyaga barcha bronlarning 5,8 foizi
• Samarqand – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 4,4 foizi
• Urganch – Istanbul, Turkiyaga barcha bronlarning 3 foizi
Joriy yilning iyun oyida «Qanot Sharq» va «Uzbekistan Airways» aviakompaniyalari O‘zbekistonning sakkiz shahri – Namangan, Qarshi va Nukusdan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bundan tashqari, Turkiyaning Antaliya, Alaniya, Dalaman va Bodrum kabi kurort shaharlariga muntazam va charter reyslari taklif etilmoqda.
Chiptalar narxi mavsumga qarab 1,5 million so‘mdan 2,7 milliongacha o‘zgarishi mumkin.