Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Bu yil ham anomal sovuq bo‘ladimi?

A A A
Bu yil ham anomal sovuq bo‘ladimi?

O‘zbekistonda 2023 yilgi qish mavsumida g‘ayrioddiy sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmayapti. Bu haqda O‘zgidromet ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Narzullayev ma’lum qildi.

“Qish mavsumi haqida gapiradigan bo‘lsak, 2023 yilning yanvar oyida bo‘lgani kabi anomal hodisalar kutilmayapti”, — dedi Narzullayev AOKAdagi matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023−2024 yillarning qish mavsumida havo harorati -7…-12 darajagacha, shimolda -17…-22 darajagacha tushishi mumkin.

“Ob-havoda qisqa muddatli bunday sovuq tushishlar odatiy hol hisoblanadi”, - deya tushuntirdi O‘zgidromet mutassisi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning yanvarida respublikaning aksariyat qismida harorat -17...-22 darajagacha pasaygan edi.

Kiritildi: 18:33 05.10.2023. O'qildi: 6314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!