Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda Equinox sodir etgan YTHda 15 ta avtomobil shikastlandi

Toshkentda Equinox sodir etgan YTHda 15 ta avtomobil shikastlandi

Joriy yilning 5 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli transport vositasining haydovchisi – 1953 yilda tug‘ilgan R.K. sog‘ligi yomonlashib qolganligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

Natijada svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan. 15 ta transport vositalari texnik shikastlangan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida Equinox avtomashina haydovchisi «Tos suyagi va chap yelka sinishi, bosh miya yopiq jarohati» alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Shuningdek, boshqa transport vositalarining haydovchilari: 1968 yilda tug‘ilgan S.E., 1971 yilda tug‘ilgan M.A., 1985 yilda tug‘ilgan S.E. lar yengil tan jarohati olganligi sababli ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:17 05.05.2026. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!