Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

QQSni qoplash(qaytarish)da "Tax Gap"amaliyoti taqiqlandi

A A A
QQSni qoplash(qaytarish)da "Tax Gap"amaliyoti taqiqlandi

O‘zbekiston qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash (qaytarish)da soliq uzilishi koeffisiyentini qo‘llash (Tax Gap) amaliyoti taqiqlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil boshida QQS summasini qaytarishning asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 30 kungacha qisqartirilgan.

Shuningdek, QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilindi. Avval tasdiqlangan 13 ta mezondan kamida bittasi aniqlanganda QQS guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan.

Endilikda faqat bitta holatda amalga oshirilayotgan bitimlar xarid qilinayotgan va realizasiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lgan holatlarda QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatib turilishi mumkin. Qolgan barcha holatlarda QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilindi.

Bundan tashqari, foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshirildi.

Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:

  • soliq to‘lovchining hududiga kirish;
  • soliq to‘lovchining hududini va binoalrini ko‘zdan kechirish;
  • soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
  • soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

QQSni qoplash (qaytarishda) o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.

Kiritildi: 15:08 08.09.2023. O'qildi: 1772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!