Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yilning eng yirik Super Oy hodisasi kuzatildi

Yilning eng yirik Super Oy hodisasi kuzatildi

2023 yildagi ikkinchi Super Oy hodisasi 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi kuzatildi.

“Report” xabariga ko‘ra, Oy Yerga eng yaqin masofada – o‘z orbitasi perigeyida 30 avgust kuni Boku vaqti bilan soat 19:52 da bo‘lgan va bugun soat 05:37 da to‘lin oy fazasiga kirdi.

Bu voqealar orasidagi farq 9 soatu 45 daqiqani tashkil etdi. Perigeyda Oygacha bo‘lgan masofa 357181 km edi. Shunday ekan, 2023 yil 31 avgustda kuzatilgan Super Oyni yilning eng katta Super Oyi deb atash mumkin.

Ushbu hodisa odatiy Super Oy voqealaridan biri hisoblanadi. To‘lin oy fazasi bir oyda ikki marta sodir bo‘lsa (birinchi Super Oy hodisasi 1 avgustdan 2 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan), ikkinchi To‘lin Oy Moviy Oy deb ataladi.

Oy Yer atrofida aylana bo‘ylab emas, balki elliptik orbita bo‘ylab harakatlanayotganligi sababli, Oyning Yerdan masofasi doimo o‘zgarib turadi. Orbitaning eng yaqin nuqtasi perigey, eng uzoq nuqtasi esa apogey deb ataladi. Biroq, Quyosh va sayyoralarning tortishish maydonlarining ta’siri tufayli perigey va apogey masofalari barqaror qolmaydi, balki davriy ravishda o‘zgarib turadi. Perigey masofasi 356 420 km dan 369 960 km gacha, apogey masofasi esa 404 180 km dan 406 740 km gacha o‘zgarishi mumkin. So‘nggi 100 yil ichida Oyning Yerga maksimal yaqinlashishi 1948 yil 26 yanvarda sodir bo‘ldi. O‘sha paytda Oygacha bo‘lgan masofa 356 462 km edi. Navbatdagi shunday maksimal yaqinlashish 2034 yil 25 noyabrda sodir bo‘ladi, bunda Oygacha bo‘lgan masofa 356 447 km (hozirgidan 734 km yaqinroq) bo‘ladi. Umuman olganda, XXI asrda Oyning Yerga eng yaqin yaqinlashishi 2052 yil 6 dekabrda sodir bo‘ladi. Bu vaqtda Oygacha bo‘lgan masofa 356 424 km ni tashkil qiladi.

Esda tutingki, super oy odamlar salomatligiga ta’sir qilmaydi va suv toshqini, zilzilalar, vulqon otilishi va sunami kabi tabiiy hodisalarni keltirib chiqarmaydi. Super to‘lin oy oddiy to‘lin oydan bir oz kattaroq va yorqinroq ko‘rinishi tufayli odamlarni tungi osmonni o‘rganishga ilhomlantiradi va astronomiyani yanada qiziqarli qiladi.

Kiritildi: 07:20 31.08.2023. O'qildi: 3655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!