Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligi oshiriladi

A A A
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligi oshiriladi

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (267-son, 29.06.2023 y.) qabul qilindi

Qaror bilan 2023-2027 yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich (3–7 yosh);
2️⃣-bosqich (7–10 yosh);
3️⃣-bosqich (11–17 yosh);
4️⃣-bosqich (18–21 yosh);
5️⃣-bosqich (22–30 yosh).

Qarorga ko‘ra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:

mahallalardagi kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi;

“Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;

Yoshlar o‘rtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 18:44 03.07.2023. O'qildi: 2911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!