O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, kompozitor, professor Avaz Mansurov ishtirokida “Rektor va talabalar ochiq muloqoti” bo‘lib o‘tdi. Unda oliygohning Estrada xonandaligi va estrada cholg‘u ijrochiligi fakultetlari talabalari ishtirok etdi.
Yurtimiz aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar tarbiyasi, ularning sifatli ta’lim olishlari hamda sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan davlat siyosatining bosh mezonlaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham yoshlar bilan muloqot olib borish, ularni bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi bilan yanada kengroq tanishtirish har bir oliy ta’lim muassasasining oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biridir.
Ochiq muloqot davomida, yoshlarning bugungi o‘y fikrlari, dunyoqarashi, nimalarni istashlari haqidagi taklif va mulohazalari tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida ta’lim olish, intellektual salohiyatni oshirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, mazkur davra suhbati davomida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z bordi.
Shuningdek, talabalarning bugungi kundagi mavjud muammolari, fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularni ijobiy hal qilish masalalari birgalikda muhokama etildi. Yechimini kutib turgan masalalar rektor A.Mansurov boshchiligidagi mas’ullar bilan birgalikda hal etildi.