Tezkor tadbir natijasida Xiva shahar hokimining o‘rinbosari 2 ming dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Joriy yil 5 oktyabrdan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida terilgan har bir kilogramm paxta uchun 100 so‘mdan qo‘shib beriladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Xorazm viloyat Urganch shahri hokimligi ”Savdo xarid” korxonasi bilan hamkorlikda Urganch dehqon bozorida mol go‘shtini 30 ming so‘mdan sotilishini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda viloyat “Savdo xarid” korxonasi rahbari Abdurasul Yoqubov xabar berdi.
"Sankt-Peterburg-Urganch" reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro R.N.ning telefoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida telefon xotirasida 189 dona pornografik mazmundagi videolavhalar mavjudligi aniqlandi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
3 oktyabr kuni «Xorazm shakar» AJning navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
2018 yilning 1 oktyabr kuni uyining derazasini ochiq qoldirib ketgan, Shovot tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Q.Baxtiyor ishdan qaytib kelganida noma’lum shaxs deraza orqali kirib, uyining mehmonxonasida turgan uyali telefon apparati va 11 500 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligi to‘g‘risida murojaat qildi, deb xabar qildi Shovot tuman IIB.
«Hazorasp dehqon bozori» MCHJ hududida qassoblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan D.Q. o‘zi sanitariya tibbiy ko‘rigidan o‘tmasdan, sotadigan go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari asosida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazmasdan 35,7 kg sifatsiz qoramol go‘shtini xaridor E.A.ga jami 870.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda «Turon 24» xabar berdi.
Xorazmda murabbiyi qasddan urib jarohatlagan 11 yoshli o‘quvchi shifoxonaga yotqizildi.
Mamlakatimizda valyuta bozorini erkinlashtirish, naqd xorijiy valyuta muomalasi doirasini tartibga solish, valyuta ayriboshlash operasiyalarini amalga oshirish mexanizmi takomillashtirilmoqda.
Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 162 mln so‘mlik valyuta savdosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida bir necha yillar davomida internet trafik o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati.
2018 yilning 15 sentyabr kuni Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Urganch tumani Cho‘bolonchi mahallasida yashovchi, X.S. ismli 37 yoshli ayol, o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli ayolni begona erkak bilan jinsiy aloqa qilishi uchun berib yuborishga o‘zaro kelishib, 300 000 so‘m pulni olayotgan paytida ushlandi.