Xorazm viloyatining Xiva shahrida MIB xodimiga pora berishga harakat qilgan shaxslar bilan bog‘liq ikki ish sud majlisida ko‘rib chiqildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining raisi Murodjon Hasanov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 5 dekabr kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi SH.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida joylardagi uchrashuvlar, samimiy muloqotlar, yangi loyihalar taqdimotlarida bildirgan fikrlarini yurtdoshlarimiz katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Davlatimiz rahbari tomonidan, ayniqsa, xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ilgari surilgan takliflar va belgilab berilgan ustuvor vazifalar aholi tomonidan zo‘r mamnuniyat bilan kutib olindi.
2018 yil 1 dekabr kuni Xorazm viloyatida 5 nafar hokim almashdi. Bu haqda Sof.uz'ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Toshkentdagi bayroq 65 metr balandlikdagi flagshtokka o‘rnatilgan. Uning o‘lchami 12x25 metrni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli Qaroriga asosan 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva temir yo‘l vokzali bilan «Ichan-qal’a» majmuasi o‘rtasida barpo etilayotgan xiyobonni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Xorazm viloyati Gurlan tumani istiqomat qiluvchi Mansur Matjonov va Oysha Matjonovalar oilasida 2017 yil 22 noyabr kuni tug‘ilgan uch egizak — Shavkat, Miromon va Mirziyo bir yoshga to‘ldi. Egizaklar 22 noyabr kuni oila davrasida ilk tug‘ilgan kunini nishonladi. Bu haqda bolalarning otasi «Daryo»ga ma’lum qildi.
Xorazm viloyati Gurlan tuman tibbiyot birlashmasiga 2017 yil 26 noyabrda homilador ayolga noto‘g‘ri tibbiy muolajalar qilinganligi va o‘z vaqtida to‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi oqibatida 2017 yil 6 dekabr kuni vafot etganligi bo‘yicha tibbiy muassasa xodimlari G.Karimova, A.Xayitbayev va N.Qo‘chqarovaga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
14 noyabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida yashovchi Z.B. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi A.R.ni tanasining turli joylariga kapkir bilan urib jarohat yetkazib, uyidan tashqariga chiqarib yuborgan.
Urganchlik fuqaro bo‘yniga salkam uch yarim million so‘m miqdorida nohaq qarzdorlik hisoblangan, deb yozadi O‘zA.