“Urganch” xalqaro aeroporti 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominasiyasida g‘alabani qo‘lga kiritib, “MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.
“Moskva-Urganch” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro S.Z. Urganch xalqaro aeroportida bojxonadan yashil yo‘lak orqali o‘tganida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilgan va bojxona qoidabuzarligi sodir etilganligi aniqlandi. “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti xabar berdi.
1976 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi Q.S. Toshkent shahrida 2016 yil davomida 1963 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Namangan viloyati, Namangan shahrida yashovchi M.A.ni katta summaga aldab kelgan. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Xorazm viloyatining Urganch tumanida Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Amudaryo bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marta sudlangan J.S. va ukasi, muqaddam 2 marta sudlangan H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
O‘zbekiston havo yo‘llarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan samolyoti Buxoroda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Sputnik".
26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga yomg‘ir aralash tuz bo‘roni yopirildi.
Xorazm viloyati Urganch tuman Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umida Ortiqova yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, turmushimiz farovonligi uchun barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab keladi.
Xorazm viloyatida kuyov qaynotasining boshiga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.