UzCard rahbari Ahror Mahmudovning ma’lum qilishicha, kompaniya O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni juda istayotgan ekan. Qiwi, «Yandeks.Dengi» va Webmoney esa allaqachon UzCard bilan kelishuvlarni imzolab bo‘lgan, deb xabar berdi «Darakchi».
Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida navbatdagi qonun buzilish holati aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Singapurda joriy yilning 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Endilikda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar faoliyatiga baho talabalarning o‘zlashtirishiga qarab qo‘yiladi.
G‘azo sektorida yashovchi bolalarning 95 foizi ruhiy buzilishlarga chalingan: depressiv, giperfaol, agressiv yoki o‘ta odamovi bo‘lib qolgan. Save the Children gumanitar tashkilotining 5 iyun kuni e’lon qilingan hisobotida ana shunday deyiladi.
Rossiyani dunyodagi eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydigan Qo‘shma Shtatlar Yevropada jiddiy harbiy kuchlarni Rossiyani to‘xtatishga qaratilgan “30-30-30-30” maxsus rejasini joriy etishga chaqirmoqda.
“Real” klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar soni yana bittaga ko‘paydi.
«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga yangi petisiyalar joylashtirilishi davom etmoqda. Jumladan, yaqinda maktab direktorlari saylovini joriy etish haqidagi petisiya ovozga qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
AQShning Apple kompaniyasi yaqin kelajakda qiymati 1 trillion dollarlik savdo brendiga aylanish arafasida turibdi.
Qabulimga bir ona 11 yoshli o‘g‘lini ko‘rikka olib keldi.
“G‘arbning Islomlashuviga qarshi vatanparvar yevropaliklar” guruhi – PEGIDA payshanba kuni iftor vaqtida Niderlandiyaning Rotterdam shahridagi “Lolali” masjidi oldida cho‘chqa go‘shtidan kabob pishiradigan bo‘ldi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Toshkentda 7 iyun kuni Xalqaro press-klub maydonida "Homiylik: yangi an’analarni shakllantirish" mavzusida muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda "Sputnik" xabar berdi.
O‘zbekistonda bir necha yillardan so‘ng, milliy valyuta – so‘mning konvertasiya qilinishi yo‘lga qo‘yilishi uzoq kutilgan hodisa bo‘ldi. Buning uchun davlat rahbariyatining siyosiy irodasi ham lozim bo‘ldi. 2018 yil sentyabr oyi boshidan mamlakatdagi barcha tijorat banklariga so‘mni dollarga yoki aksincha cheklovlarsiz almashtirishga ruxsat berildi.
Surxondaryo viloyatida giyohvandlik moddasi sotayotgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi, dedi "xs.uz".
Qatar hozirda faol hamkorlik qilayotgan NATOning tarkibiga kirish istagini bildirdi. Bu haqda Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Attiyya “Al-Talayya” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida har bir oilalardagi turmush madaniyatini shakllantirish, yashash sharoitini yaxshilash maqsadida viloyatda “Har bir oila – tadbirkor” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergandi.
AQSh va KXDR vakillari Singapurda 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvga tobora qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayapti.
"bilim.akipress.org"ning Qozog‘iston attestasiya qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, Qozog‘iston tomonidan mazkur resursga joylashtirilgan maqolalar soni 1990 yildagi 421 tadan 2017 yilga kelib 2398 taga ko‘paygan.
31 may kuni Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 408-sonli qarori imzolandi.
3 iyun kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Spark mashinasi yo‘lning qarama-qarshi tomonda harakatlanayotgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqaldi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yana bir bora ta’kidlashicha, Anqara mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid bo‘lgan istalgan urinishni qat’iy bartaraf etadi, deb yozadi "Kun" nashri.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida 4 iyun kuni Yunusobod tumanida yashovchi M.SH. o‘zining boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomashinani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan “Makro” supermarketi oldida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Jizzax shahrida yashagan N.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Yaponiyalik muhandislar purkalayotgan suv oqimi hisobiga havoda muallaq turuvchi o‘t o‘chiruvchi robotni ixtiro qildi, deb xabar beradi «xabar.uz»
2018 yilning 1 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudida o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir qilgan fuqarolar SH.Zaripov va SH.Kamolov(barcha ism-familiyalar o‘zgartirildi) ga nisbatan ayblov hukmi o‘qildi, deb yozadi "xabar.uz"
Malayziya hukumati davlat qarzlarini to‘lash uchun xalqdan yordam talab qildi. Bu haqda TRT xabar tarqatdi.
Ja’fari Sodiq rahmatullohi alayh do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: “Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi yig‘ilishda Sardor Rahimxon, Asilbek Nig‘matov, Feruza Jumaniyozova, Tohir Usmonovlarning lisenziyasi tugatilgani haqida xabar bergan edik.
Har bir mavzuni isbot va dalillar mustahkamlaydi. Imkon boricha maqolamizda hayotiy voqeiylikni aks ettiramiz.
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 7 iyun kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.
Mazkur tarona 13 yil avval yaratilgan. Ba’zi sabablar tufayli qo‘shiq efir yuzini endi ko‘rdi, deb yozadi «MayDay» nashri.