Ja’fari Sodiq rahmatullohi alayh do‘st tanlashda quyidagicha tavsiya berganlar: “Besh toifa inson bilan do‘st tutinmang:
Yolg‘onchi bilan: chunki har lahza aldanib qolishingiz mumkin. U misoli sarob – uzoqni yaqinlashtirib, yaqinni uzoqlashtirib ko‘rsatadi;
Ahmoq bilan: zero, u sizga foyda keltiraman deb zararga boshlaydi;
Xasis bilan: eng muhtoj paytingizda sizni tashlab ketadi;
Qo‘rqoq bilan: chunki u tahlikali paytda sizdan qochadi;
Fosiq bilan: zero, u sizni bir hovuch taom yoki undan oziga almashib yuboradi”.
Manba: azon.uz