Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Apple" trillion dollarlik savdo brendiga aylanish arafasida

A A A
"Apple" trillion dollarlik savdo brendiga aylanish arafasida

AQShning Apple kompaniyasi yaqin kelajakda qiymati 1 trillion dollarlik savdo brendiga aylanish arafasida turibdi.

Bu haqda uning bosh direktori Tim Kuk CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Ayni paytda iPhone ishlab chiqaruvchining bozor qiymati 945 milliard dollarga teng. Joriy yilda uning aksiyalari narxi 13 foiz oshdi. Trillion marrasiga yetib olish uchun esa yana 6 foiz kifoya. Agar kompaniya qimmatbaho qog‘ozlarining bir donasi 202 dollaru 30 sentdan sotila boshlansa, ana shunday yuksak natijaga erishiladi.

Mazkur marka ostidagi mahsulotlar sotuvi, ayniqsa, Xitoy va Yaponiyada sezilarli darajada ko‘paygan. O‘z navbatida Foster+Partners’ kompaniyasi Applening bosh do‘kon uchun yangi dizayn ishlab chiqmoqda. Shu asosda uning yer osti qavatidagi maydoni ikki barobar kattalashtiriladi.

manba: xs.uz

Kiritildi: 11:14 06.06.2018. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik