Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Malayziya xalqi davlat qarzini to‘lash uchun 6,8 million dollar pul to‘pladi

Malayziya xalqi davlat qarzini to‘lash uchun 6,8 million dollar pul to‘pladi

Malayziya hukumati davlat qarzlarini to‘lash uchun xalqdan yordam talab qildi. Bu haqda TRT xabar tarqatdi.

Shu maqsad bilan tashkil qilingan yordam fondiga xozirgacha 6,8 mln dollar pul o‘tkazildi.

Moliya vaziri Lim Guan Eng matbuotga bergan brifingda «Umid» fondi bilan davlat qarzlarini to‘lash uchun xalqdan to‘plangan pul miqdori 6,8 mln dollarga yetganligini ma’lum qildi.

Malayziya xalqi 6 kun oldin faoliyat ko‘rsata boshlagan fondga faqatgina 30 may kunining o‘zidayoq 1,76 mln dollar pul o‘tkazdi.

Hozirda Malayziyaning sobiq bosh vazir Nejib Razzoq davridan qolgan taxminan 252 milliard dollar qarzi mavjud.

Eslatma: «Umid» fondini tashkil qilgan amaldagi bosh vazir Mahathir Muhammad 9 mayda o‘tgan umumiy saylovlarda g‘alaba qozongach, xalqni birgalikda mamlakatni qaytadan barpo etishga chaqirgan edi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 09:45 06.06.2018. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!