Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Erdo‘g‘an: "Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qiladi"

A A A
Erdo‘g‘an: "Turkiya Iroqda ham terrorchilarni yo‘q qiladi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning yana bir bora ta’kidlashicha, Anqara mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid bo‘lgan istalgan urinishni qat’iy bartaraf etadi, deb yozadi "Kun" nashri.

Erdo‘g‘an Iroq shimolida, xususan, Qandil va Sinjar viloyatlarida Turkiya qurolli kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazilishini istisno qilmadi.

«Qandil va Sinjarga navbat keldi. Biz mamlakatni tashvishga solayotgan va unga tahdid qilayotganlarga qarshi hujum qilib keldik, hamda bu bundan keyin ham davom etadi», - dedi Turkiya yetakchisi Zonguldakdagi saylovoldi mitingida chiqish qilib.

Kiritildi: 10:13 06.06.2018. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik