Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qatar NATOga a’zo bo‘lmoqchi

A A A
Qatar NATOga a’zo bo‘lmoqchi

Qatar hozirda faol hamkorlik qilayotgan NATOning tarkibiga kirish istagini bildirdi. Bu haqda Qatar mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Attiyya “Al-Talayya” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Qatar NATO bilan samarali hamkorlik qiladi, bu hamkorlik kundan-kunga rivojlanib bormoqda va Qatarda NATOning biror bo‘limi yoki ixtisoslashgan markazi joylashtirilishiga olib kelishi mumkin. NATOda a’zolikka kelsak, biz unda to‘laqonli a’zo bo‘lishga erishish istagimiz bor”, deb ta’kidlab o‘tgan al-Attiyya.

Uning aytishicha, alyans Qatarga terrorchilikka va uning moliyalashtirilishiga qarshi kurashda yordam berishi va mintaqada xavfsizlik hamda barqarorlik kafolati bo‘la olishi mumkin. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:53 06.06.2018. O'qildi: 1625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!