Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston "Web of Science"dagi o‘rnini Qozog‘istonga boy berdi

A A A
O‘zbekiston "Web of Science"dagi o‘rnini Qozog‘istonga boy berdi

"bilim.akipress.org"ning Qozog‘iston attestasiya qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib yozishicha, Qozog‘iston tomonidan mazkur resursga joylashtirilgan maqolalar soni 1990 yildagi 421 tadan 2017 yilga kelib 2398 taga ko‘paygan. 

Mamlakat oliy ta’lim sohasida Bolonya tizimiga o‘tilgani, shuningdek, dissertasiya tadqiqotlari natijalari bo‘yicha Web of Science va Scopus bazasiga maqola joylashtirishga majburiy talab qo‘yilishi ana shunday o‘sishda muhim omil bo‘ldi.

Ilgari mazkur ilmiy reytingda O‘zbekiston yetakchi edi. Afsuski, respublikamiz mazkur o‘rnini boy berdi. Mutaxassislarimiz tomonidan 1990 yilda bu manzilga 573 ta ilmiy maqola joylashtirilgan bo‘lsa, o‘tgan yilda mazkur ko‘rsatkich 692 ta bo‘ldi.

2017 yilda bu raqam Qirg‘izistonda 280 tadan ziyod, Tojikistonda 125 ta, Turkmanistonda esa bor-yo‘g‘i 20 tani tashkil etgan.

manba: xs.uz

Kiritildi: 10:30 06.06.2018. O'qildi: 1908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik