Singapurda joriy yilning 12 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh Prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy uchrashuvga tayyorgarlik davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
Mamlakatda Tramp va Kim nomli maxsus ichimliklar savdosi boshlangan. Yangi turdagi kokteylning tarkibi bilan birga ko‘rinishi ham o‘ziga xos. Ya’ni ichimlik har ikkala davlat bayrog‘i ko‘rinishida. Bu tur kokteylar turistlar e’tiborini tortmoqda. Mutaxassislarning fikricha, uni mazkur uchrashuvni qo‘llab-quvvatlovchilar harid qilib iste’mol qilmoqda. Uning narxi 12,60 dollarni tashkil qiladi.