Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Zulfiya" mukofotini tibbiyot sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berish taklif qilinmoqda

"Zulfiya" mukofotini tibbiyot sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berish taklif qilinmoqda

➡️ Tibbiyot yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish taklif qilinyapti.

🖥 Bu bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofotini tibbiyot sohasi uchun alohida yo‘nalish sifatida berishni nazarda tutuvchi Prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

🔎 Loyihada ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yoshlar, ayniqsa iqtidorli xotin-qizlar faol ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot ishlari, yangi davolash usullari, profilaktika dasturlari va innovasion tibbiy texnologiyalar orqali sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

‼️ Farmon loyihasida ana shunday yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlab borishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 18:14 15.09.2025. O'qildi: 921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!